
"Barselona" qachondan mashg‘ulotlarni davom ettirishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" raxbariyati aprel oyining so‘nggi jamoalarning mashg‘ulotlarni boshlashi uchun real vaqt bo‘ladi deb hisoblamoqda. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hozir mashg‘ulotlarni 27 apreldan boshlash rejalashtirilmoqda.
Ilgariroq Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches koronavirus pandemiyasi tufayli barcha taqiqlar 13 aprelga qadar davom etishini ma’lum qilgan edi.
Ayni vaqtda "Barselona"ning barcha futbolchilari uyda mustaqil tarzda shug‘ullanishmoqda va har kuni Kike Setenning murabbiylar shtabiga xisobot topshirishmoqda.
Fikrlar