
"Barselona" Pedri bo‘yicha qaror qabul qildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati Pedri bilan hamkorlikni uzaytirish haqida o‘ylamoqda.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" ispaniyalik futbolchiga yangi uzoq muddatli mehnat shartnomasi taklif qilmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. 21 yoshli yarim himoyachining transfer qiymati 80 million evroga baholanmoqda.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Pedri 10 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. La Liganing 9-turidan so‘ng "Barselona" 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar