
“Barselona” o‘z yulduziga “dahshatli” summa belgiladi
Braziliyalik hujumkor futbolchi Rafinya joriy mavsumda o‘zining samaradorligini ko‘rsatib, “Barselona”ning eng muhim figuralaridan biriga aylandi.
Gol urish va assist qayd etishni qoyillatayotgan 28 yoshli futbolchi kataloniyaliklar uchun daromad manbai hisoblanadi.
Kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olish uchun Rafinyani sotib yuborishga tayyorligi aytilmoqda. To‘purarga Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildiryapti.
Shunga qaramay, kataloniyaliklar Rafinya bilan xayrlashishga shoshilmaydi. Bu o‘yinchi faqat “Barselona”ning talabi bajarilgan taqdirdagiga qo‘yib yuboriladi.
Kataloniya super klubi o‘z yulduzini 150 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga transfer qilishi mumkin. Aks holda hujumkor futbolchi “Barselona”da qolaveradi.
Fikrlar