"Barselona" Osiyo safaridan oldin 3 futbolchi bilan xayrlashmoqchi

  • 17 iyul, 01:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yaqin kunlarda uch futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar endi darvozabon Inyaki Penya, hujumchi Pau Viktor va yarim himoyachi Oriol Romeu xizmatlariga muhtoj emas. Klub ushbu futbolchilarni sotish yoki ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Barselona" Ispaniya chempionligi va milliy kubokni qo‘lga kiritgan edi. Yangilangan La Liga mavsumi esa kelasi oyning o‘rtalaridan boshlanadi. Birinchi turda "ko‘k-anorranglilar" safarda "Malorka"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!