
“Barselona” muxlislariga yaxshi xabar
“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong jarohati tufayli anchadan beri jamoaga yordam bera olmay kelayotgan edi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarga kirishgan.
Frenki de Yong 21 aprel kuni “Santyago Bernabeu”da o‘tkazilgan “el klasiko”da shikastlangan edi. Hujumkor futbolchi “Barselona”dan tashqari, Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida Niderlandiya terma jamoasiga ham yordam bera olmadi.
Klub matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, murabbiylar Frenkini qisman umumiy guruh mashg‘ulotlariga jalb eta boshlagan. Futbolchi sport formasini tiklab olganidan keyin jamoa o‘yinlarida ishtirok etadi.
Fikrlar