"Barselona" muxlislari buni bilishlari kerak

  • 20 aprel, 2020, 10:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Luis Suares tizzasidan olgan jarohatidan qachon to‘liq forig‘ bo‘lishi va mashg‘ulotlarga qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik futbolchi ayni damga kelib sog‘aygan va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Suares jarohati sabab 3 oy davomida davolanishiga to‘g‘ri keldi.

Luis Suares joriy mavsum “Barselona” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning kataloniyaliklar bilan 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!