"Barselona" misrlik futbolchini kuzatib bormoqda
Misrning "Al-Axli" klubi hujumchisi Hamza Abdulkarim faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
"Diario Sport" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" bosh direktori Deku 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari sabab, futbolchining transferi ustida ishlamoqda. Hamzaning o‘zi "Barselona"ga o‘tishni istamoqda, biroq "Al-Axli" iste’dodli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Yozda Abdulkarimning xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, forvard joriy mavsum klub safida bor-yo‘g‘i bir dona uchrashuvda maydonga tushgan.



Fikrlar