
"Barselona" Messiga muhim shart qo‘ydi
Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJ hujumchisi Lionel Messining qaytishiga ishonmoqda, biroq bitta muammo bor. Ijtimoiy tarmoq insayderi Adrian Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kataloniya klubining moliyaviy muammolari transfer amlalga oshishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, klub rahbariyati 35 yoshli argentinalik futbolchining maoshini sezilarli darajada kamaytirish sharti bilan qaytarishi mumkin. Agar Messi "Barselona"ning shartlariga rozi bo‘lsa, transfer katta ehtimol bilan amalga oshadi.
Ma’lumot uchun, Leo "ko‘k-anorranglilar" akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 2021 yilning yozida u klubni tark etib, PSJga o‘tgan edi. Parijliklar bilan shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar