
"Barselona" "Manchester Siti"dagi tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi
"Barselona" klubi o‘z safini "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya bilan kuchaytirmoqchi.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 19 yoshli ispan futbolchisini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Agar “Siti” bu taklifni rad esa, u holda “Barsa” Garsiyani bir yildan so‘ng, ya’ni uning “shaharliklar” bilan shartnoma muddati yakunlanganidan keyin qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot uchun, Erik Garsiya asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Ko‘k-anor ranglilar” uni yoshi o‘tib borayotgan Jerar Pike o‘rniga munosib ko‘rmoqda. U joriy mavsum “Manchester Siti” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar