“Barselona” Levandovski o‘rniga Angliyani yondirayotgan hujumchini olib kelmoqchi

  • 13 yanvar, 16:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” so‘nggi kunlarda Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida "Nyukasl Yunayted" hujumchisi Aleksandr Isakni ko‘zlamoqda. 
 
Kataloniyaliklar forvardi Robert so‘nggi o‘yinlarda muvaffaqiyatli harakat qila olmayotgan edi. Shu sababli, klub rahbarlari transferlar oynasida yangi hujumchi sotib olish haqida o‘ylamoqda, deb xabar bermoqda “Mundo Deportivo” nashri. 
 
Unga ko‘ra, hozirda “ko‘k-anorranglilar” “Nyukasl” klubi futbolchisi hisoblangan Isakni eng yaxshi variant sifatida ko‘rmoqda. Biroq, angliyaliklar forvarddan yaxshigina summa ishlab olishni maqsad qilib qo‘ygan. Agarda qishki transferlar oynasida yangi takliflar kelib tushsa, shvetsiyalik o‘yinchini 150 million evro atrofidagi summaga qo‘yib yuborishi mumkin. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli hujumchi bu mavsum 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!