
“Barselona”: Kuman besh futbolchini ketkazadi. Navbatda yana uchtasi bor
Hali “Barselona”ni rasman qabul qilib olmagan Ronald Kuman klubga kelishi bilan besh nafar qariya futbolchidan voz kechishini ma’lum qildi.
Niderlandiyalik mutaxassis jamoada Xordi Alba, Serxio Buskets, Luis Suares, Samyuel Umtiti va Ivan Rakitichni o‘ynatmaydi.
Shuningdek, Jerar Pike, Filippe Koutino va Serji Roberto ham o‘ziga yangi jamoa qidirishi kerak bo‘ladi.
Yangi bosh murabbiy ishni jamoa tarkibini yoshartirishdan boshlaydi va etakchi futbolchi vazifasini “Ayaks”da porlayotgan Donni van de Bekka topshirishini bildirgan.
Fikrlar