
"Barselona" klubi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod nomi e’lon qilindi
"Barselona" klubining natijalari ko‘pchilik muxlislar qatori jamoa rahbarlarining ham havotirini oshirdi. Natijada Ronald Kumanning kursisi qimirlab qoldi.
Hatto yaqin kunlarda niderlandiyalik murabbiyning iste’fosi kutilmoqda. Bu tez orada sodir bo‘lishi aytildi.
Agarda Kuman lavozimini tark etsa, uning o‘rnini "River Pleyt" klubi murabbiyi Marselo Galyardo egallaydi. Aynan Marselo Galyardo kataloniyaliklar boshqaruvi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, kataloniyaliklar 45 yoshlik Galyardodan tashqari «Yuventus» sobiq ustozi Andrea Pirlo variantini ham ko‘rib chiqadi.
Fikrlar