
"Barselona" Ivan Rakitichni qo‘yib yuboradi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich qishgi transfer oynasi vaqtida klubni tark etadi.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining agenti klub raxbarlari bilan uchrashdi va mijozi uchun yangi klub izlash uchun ruxsat oldi.
Rakitich "Barselona" ustozining tanlovidan noroziligi sabab klubni tark etish uchun ruxsat so‘rashga majbur bo‘ldi. U yarim himoyachilar tanlovida Ernesto Valverde uchun eng ohirgi o‘rinda qolib ketmoqda.
Shuningdek, Marca xabariga ko‘ra, Rakitich o‘yin amaliyoti kam ekanligiga qaramasdan Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalichdan noyabr oyidagi o‘yinlar uchun chaqiruv olib ulgurgan.
Fikrlar