
"Barselona"-"Inter" uchrashuvi qoldirilishi mumkin
"Barselona" va "Inter" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning "Express" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Inter" jamoasi Chempionlar Ligasi uchrashuvidan 24 soat oldin Ispaniyaga uchib kelishi kerak edi. Hozirda esa Ispaniya, Portugaliya va Frantsiyaning ayrim hududlarida keng ko‘lamli elektr uzilishlari yuzaga kelgan.
Natijada ko‘plab aviaqatnovlar bekor qilingan yoki boshqa vaqtlarga ko‘chirilgan, bu esa o‘z navbatida jadvalda ham kechikishlarga sabab bo‘lmoqda.
"Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi uchrashuv 30 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv boshlanishi Toshkent vaqti bilan 00:00 ga belgilangan.
Fikrlar