"Barselona" ikki top futbolchisi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi

  • 9 fevral, 2023, 18:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hali ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda. La Liganing moliyaviy qoidalariga moslashish uchun kataloniyaliklar maoshni 200 million evrogacha qisqartirishi kerak.

Tecno

"El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Ansu Fati bilan xayrlashishi mumkin.

De Yong va Fati "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasida. "Qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag rahbariyatdan niderlandiyalik futbolchi transferini anchadan beri so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 53 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!