"Barselona" Germaniya terma jamoasi futbolchilarini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 21 sentabr, 2024, 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. TodoFichajes portalining xabar berishicha, Germaniya terma jamoasining ikki top futbolchisi Kataloniya klubining “radarida”. Bular - himoyachi Jonatan Ta va yarim himoyachi Joshua Kimmix.

Tecno

“Ko‘k-anorranglilar” bu futbolchilarni keyingi yozda sotib olishga harakat qilishi mumkin. 28 yoshli Ta va 29 yoshli Kimmixning «Bayer» va «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Bundan kelib chiqadigan bo‘lsa, "Barselona" ushbu futbolchilarni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.

Besh turdan so‘ng "Barselona" Ispaniya chempionatida maksimal - 15 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!