
“Barselona” futbolchisini zudlik bilan ortga qaytarmoqchi
“Barselona” asosiy himoyachilari jarohat olgani tufayli mavsum boshida “Benfika”ga ijaraga berilgan Jan-Kler Todiboni ortga qaytirishga qaror qildi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklarning himoyachini qaytarib olishiga “Benfika” unga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotganligi ham sabab bo‘lmoqda. Portugaliyaliklar yosh futbolchining o‘rniga katta tajribaga ega bo‘lgan Yan Vertongen va Nikolas Otamendini o‘ynatyapti.
Todibo yanvarda Kataloniyaga qaytib keladigan bo‘lyapti.
Ayni paytda “Barselona” himoyachilaridan Jerar Pike, Samyuel Umtiti va Ronald Arauxo jarohat tufayli safdan chiqqan.
Fikrlar