
"Barselona" futbolchisi "Tottenxem"ga o‘tdi
"Barselona" himoyachisi Emerson yangi mavsumni "Tottenxem"da boshlaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” 22 yoshli braziliyalik futbolchini 25 million evro evaziga sotib olgan. Emerson esa yangi jamoasi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Emerson "Barselona" safiga joriy 2021 yilda kelib qo‘shilgan edi. U kataloniyaliklar safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
U bundan avval "Betis", "Ponte Pretu" va "Atletiko Mineyro" klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasida esa 4 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar