
"Barselona" futbolchisi tez orada "Fenerbaxche"ga o‘tadi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantara tez orada "Fenerbaxche" futbolchisiga aylanishi mumkin.
O Jogo nashrining ma’lum qilishicha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan va shu sababli ushbu transferning amalga oshish ehtimollari juda yuqori.
Ta’kidlash kerakki, Rafinyaning ayni damdagi transfer narxi 15 mln evroga baholanmoqda. “Ko‘k-anor ranglilar” murabbiylar shtabi uni yangi mavsum rejalariga kiritmayapti.
Ma’lumot uchun, Rafinya o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushgan va 1ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar