"Barselona" futbolchisi nega o‘z vatani terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortmoqda?

  • 31 dekabr, 2021, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Abde Ezzalzuli mamlakat terma jamoasida o‘ynash taklifi bilan chiqqan Marokash futbol federatsiyasiga rad javobini berdi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Ezzalzuli Marokash terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi, chunki u Ispaniya terma jamoasida o‘ynash istagida.

Aytish kerakki, Abde bunga qadar Marokash yoshlar terma jamoasi safida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Abde Ezzalzuli asli Marokashda tavallud topgan. U joriy mavsum “Barsa” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!