"Barselona" futbolchisi jamoadan ketishi mumkin

  • 4 noyabr, 2019, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Karles Alenya jamoadan ketishga yaqin turibdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 21 yoshli ispaniyalik futbolchini qishki transferlar davrida ijaraga berib yuborishni rejalashtirishmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra Alenya mavsumni La Liganing boshqa bir klubida yoki APLda davom ettirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Alenya joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 45 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning tovon puli esa 75 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!