“Barselona” futbolchilari Kanseludan g‘azabda

  • 20 avgust, 2024, 13:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlarida yaxshi taassurot qoldirmadi.

Tecno

Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda "blaugrana"da ijara asosida o‘ynagan. “Diario Sport” xabariga ko‘ra, jamoada ko‘pchilik futbolchining xatti-harakatidan norozi bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, Kanselu asosiy tarkibga kiritilmaganida mensimagan va yosh jamoadoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Bularning barchasi, ayniqsa, "Barsa"ning ba’zi asosiy futbolchilarini g‘azablantirgan.

Joau Kanselu mavsum oxirida "Manchester Siti"ga qaytdi. Himoyachining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!