
"Barselona" fikridan qaytdi, PSJ esa bundan foydalanib qolmoqchi
“Barselona” katta ehtimol bilan “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani joriy qishki transferlar davrida sotib olmaydi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, bundan PSJ unumli foydalanib, 20 yoshli ispaniyalik futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi va uni yanvardayoq, sotib olishni reja qilmoqda. Garsiya esa, “Barselona”ga qaytish istagida turibdi, ammo parijliklar unga nisbatan yaxshiroq taklif bildirishi mumkin.
Erik Garsiya asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Manchester Siti”da 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar