
"Barselona" ertaga o‘ta muhim xabarni e’lon qilishi mumkin
Argentinalik hujumchi Lionel Messining “Barselona” bilan imzolanisha kutilayotgan yangi shartnomasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirgani to‘g‘risida 24 iyun kuni e’lon qilmoqchi.
Bundan avvalroq, Messi “Barselona”ning taklifini qabul qilgani va bu haqda klub prezidenti Joan Laportani ham ogohlantirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Messi “Barselona” safida 2003 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. 2005 yildan buyon esa Argentina terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar