"Barselona" Dembele va Rafinya transferi uchun qaerda pul olgani ma’lum bo‘ldi

  • 13 iyul, 2022, 11:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin vaqt ichida Kataloniyaning “Barselona” klubi hisob raqamiga katta miqdorda pul tushadi.

Tecno

Jurnalist Ferran Korreasning xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" kelasi hafta televidenie huquqlarini sotishdan 320-330 million evro miqdorida oladi.

Oldin xabar berilganidek, “Barsa” moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun televidenie huquqlarining 25 foizini va savdo biznesining salkam 50 foizini sotishga qaror qilgan.

Buning evaziga Kataloniya klubi "Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias va hujumchi Usmon Dembele transferlarini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Usmonning shartnomasi o‘tgan oy oxirida yakuniga etgan va endi kataloniyaliklar u bilan yangi shartnoma imzolay olmaydi. Shu bois, ispan klubi Usmonni yangi transfer ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Rafinya xaridi esa yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!