
"Barselona" chorak milliard evro ishlab oladi
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Barselona" o‘zining yangi homiysi – Spotify bilan tuzilgan shartnoma asosida yuzlab million evro oladi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi umumiy hisobda 275 million evro olishi mumkin. Bundan tashqari Barselonaning uy stadioni hisoblangan – “Kamp Nou” nomi Spotify nomiga o‘zgartiriladi.
Tomonlar o‘rtasidagi homiylik shartnomasi to‘rt yilga tuziladi, ammo keyin yana 15 yilga uzaytirilishi mumkin.
Fikrlar