
"Barselona" "Chelsi" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
“Portu” klubi chap qanot himoyachisi Aleks Telles “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Sport.es nashrining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” Italiya fuqarosi bo‘lgan 27 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqishgan. Aytish kerakki, Tellesning “Portu” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan va u ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Unga shuningdek "Chelsi"dan ham qiziqishlar bor.
Aleks Telles joriy mavsum “Portu” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar