"Barselona" bugun "qora an’ana"ga nuqta qo‘ya oladimi?

  • 12 yanvar, 17:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun tunda Ispaniya Superkubogining final bosqichida "Real Madrid va "Barselona" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsni ispaniyalik Xesus Xil Monsano boshqarib boradi. 
 
Gap shundaki, ushbu hakam boshqargan "El-klasiko"larda "ko‘k-anorranglilar" hali muvaffaqiyatga erisha olmagan. Moncano 3 bora klasikolarni boshqarib bo‘lib, ularning barchasida "qaymoqranglilar"ning qo‘li baland kelgan. Dastlabki to‘qnashuvda "qirollik klubi" 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, qolgan ikki bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 
 
Bugun esa yana ikki klub finalda kuch sinashadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!