
“Barselona” bugun Gavi bilan shartnoma uzaytirishi mumkin
Jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitteridagi sahifasi orqali "Barselona" yarim himoyachisi Gavi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turgani haqida ma’lum qildi.
Futbolchining agenti Ivan de la Penining Kataloniya klubi rahbariyati bilan uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Manbaga ko‘ra, tomonlar shartnomani 5 yilga uzaytirishga yaqin turibdi. Xavbekning tovon puli 1 milliard evroni tashkil qiladi.
Gavi 2021 yildan beri "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsumda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar