
“Barselona” “B” rejasi tuzib qo‘ygan
Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z tarkibini kuchaytirish uchun bir qancha transferlarni amalga oshirish haqida o‘ylamoqda.
Frantsiyaning bir qancha nashrlari xabariga ko‘ra, "Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba “ko‘k-anorranglilar” nishonida bo‘lib turibdi.
"Barselona" vakillari hozirda uning o‘yinlarini kuzatib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, "Barsa" agar Jyul Kunde (Sevilya) transferi bo‘yicha kelisha olmasa, "Arsenal" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
“Transfermarkt” portali Salibaning narxini 30 million evroga baholanmoqda. Kunde esa ancha qimmat - 60-65 million evro.
Fikrlar