
"Barselona" 20 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubi himoyachisi Xiroki Abe “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 20 yoshli yapon futbolchisinng transferi uchun 1,1 mln evro to‘lashadi. Futbolchi esa “ko‘k-anor ranglilar” bilan “3+2” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda Abe “Barselona” bilan birga 20-27 iyul kunlari Yaponiyada bo‘ladigan mavsumoldi yig‘inlariga jalb etiladi.
Fikrlar