"Barsa"ning yangi futbolchisi Flikni hayratda qoldirdi

  • 29 iyul, 16:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yangi a’zosi Runi Bardji klub murabbiylar shtabini hayratda qoldirishda davom etmoqda. Klub bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va uning yordamchilari shvetsiyalik vingerning jismoniy holatidan hayratda, deya xabar bermoqda Diario Sport. hozirda u 19 yoshli futbolchi jamoa qarorgohiga ajoyib holatda, aksariyat jamoadoshlaridan bir necha qadam oldinda etib keldi.

Tecno

"Barselona" Runi Bardjini iyul oyi o‘rtalarida Daniyaning "Kopengagen" klubidan 2,5 mln evro evaziga sotib olgandi. Yosh futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida mavsumoldi dastlabki o‘yinida gol urib, Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi (3:1). O‘rtoqlik uchrashuvi yakunlangach, Flik shvetsiyalik futbolchini asosiy tarkibda o‘ynatishni davom ettirishni rejalashtirayotganini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!