
“Barsa”ning supertransferiga 18 soniya etmadi
“Barselona” direktori Mateu Alemani qishki transferlar oynasining so‘nggi daqiqalarida “Los-Anjeles Gelaksi” himoyachisi Xulian Arauxoning transferi barbod bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
- Tizimda yuzaga kelgan nosozlik tufayli Arauxoning transferini qayd eta olmadik. Bizga qandaydir 18 soniya etmadi xolos. Endi FIFAning qarorini kutamiz, - dedi Mateu Alemani Marca nashriga.
Arauxo Kaliforniya jamoasi sharafini 2019 yildan beri himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda AQSh chempionatining 31 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol va beshta assist qayd etdi.
Xulian Arauxo xalqaro miqyosda Meksika milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar