
“Barsa”ning 17 yashar “yulduzchasi”ni to‘rtta katta klub talashyapti
“Barselona”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Pedro Fernandes faoliyatida o‘zgarish bo‘lib, iqtidorli o‘yinchi Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fichajes nashriga ko‘ra, Pedro APLning to‘rtta qudratli klubi nazariga tushgan. Amaldagi chempion “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi bu futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istayapti.
O‘z navbatida, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yosh o‘yinchini yaqin kelajakda asosiy tarkibga to‘liq jalb qilmoqchi. Ana shu masadda murabbiylar Pedroni mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida Osiyo bo‘ylab turnega olib ketgandi.
Pedro Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar