"Barsa"ga o‘tgan "Siti" futbolchisi qancha maosh oladi?

  • 3 yanvar, 2022, 20:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Manchester Siti"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Ferran Torresning “Kamp Nou”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ispaniyalik iqtidor egasi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 5,5 yillik shartnoma imzolagan va ushbu kelishuvga ko‘ra uning yillik maoshi 5.5 million evroni tashkil etadi. Torresning tovon puli esa 1 milliard evro etib belgilangan.

Ferranning transferi uchun “Barsa” “Siti”ga 10 mln evro bonus bilan birga 65 million evro to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun "Kamp Nou"da Torresning rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!