
"Barsa"dan ketgan futbolchi APLda o‘ynamoqchi
"Barselona"ni erkin agent sifatida tark etgan himoyachi Serxi Roberto faoliyatini davom ettirish borasida qaror qabul qildi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida o‘ynamoqchi.
Serxiga La Ligada "Jirona", "Valensiya" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchi APLga o‘tishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Roberto 2010 yildan beri "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. 32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar