“Barsa”da o‘ynash uchun Messi eng zo‘ri, deb yolg‘on gapirdim

  • 5 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Professional futbolchilik faoliyatini shu yilning avgustida yakunlagan Kevin-Prins Boateng “Barselona”da o‘ynagan davrida duch kelgan vaziyatni aytib berdi.

Tecno

Gana terma jamoasining sobiq o‘yinchisi 2019 yili ijara asosida Kataloniya klubida to‘p tepgan. 

- O‘sha paytlar mendan jahonning eng yaxshi o‘yinchisi kimligini so‘rashganida Lionel Messi, deb javob berarishimga to‘g‘ri kelgan. Lekin bu mening hayotimdagi eng katta yolg‘onlardan. Men rost gapirishni yaxshi ko‘raman. Biroq futbol o‘ynash uchun yolg‘on gapirganman.

Messi sardor kabi gaplashmaydi. Uning gapirishi ham shart emas. Chunki maydonda gapiradi.

Men bilan faqat bir marta gaplashgan. Mendan Italiyada gol urish qanchalik qiyinligini so‘ragan. Bunga sabab o‘sha paytda Krishtianu Ronaldu A Seriyada o‘ynardi. Unga juda qiyin ekanini aytdim. Shunda o‘zi ham Italiyada ko‘p gol ura olishi mumkinligini so‘radi. “Men unga “sen hoxlagan joyingda gol ura olsan, chunki sen Messisan”, deb javob berdim, - dedi Kevin-Prins Boateng.

Boateng nemis futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Germaniya, Angliya, Italiya, Turkiya chempionatlarida yigirmaga yaqin jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Boy Intelligent
05/10/2023 10:49
Messin zor deyotganlar kopi shu dardda. Aayniqsa terma jamoasidagilar. Messi fransiyada oynolmadiku, qattiq kurash ketadigan Italiyada umuman zahirada ham otirishga yaramasdi. Xolis fikr