“Barsa”da Messining o‘rnini egallaydigan futbolchi nomi oshkor bo‘ldi

  • 12 yanvar, 2021, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Barselona”da o‘ynagan kamerunlik hujumchi Samuel Eto'O kelajakda Lionel Messining o‘rnini egallaydigan futbolchi borligini aytdi.

Tecno

- Menimcha, Ansu Fati kelajakka katta umid bilan qarayapti. U hozirning o‘zida aqlbovar qilmas o‘yin namoyish qilyapti va klub rahbariyati uni olib qolishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U Messining o‘rnini bosa oladi, - dedi Samuel Eto'O.

Ansu Fati xuddi Lionel Messi singari klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U debyut uchrashuvini 2019 yilning 25 avgust kuni debyutini o‘tkazib, Kataloniya klubi tarkibida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida 78 yillik rekordni yangiladi. 31 avgust kuni birinchi golini urib klub tarixida gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!