
“Barsa”da Messidan zo‘ri bor ekan!
“Barselona” 2020/2021 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha eng zo‘r futbolchi nomini e’lon qildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Frenki de Yong “Barselona”ning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa to‘purari Lionel Messidan o‘zib ketdi.
Uchinchi o‘rin jamoa darvozasini ishonchli qo‘riqlab kelayotgan Mark-Andre ter Shtegenga nasib qildi.
So‘rovnoma klub rahbariyati, fan-klub vakillari va Kataloniya gazetalari jurnalistlaridan tarkib topgan jyuri a’zolari o‘rtasida o‘tkazildi.
Niderlandiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionatida 37 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi.
Fikrlar