“Barsa” yulduzini olib ketamiz

  • 9 avgust, 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yangi mavsum oldidan kutilmaganda jiddiy yo‘qotishga uchradi. Jamoaning eng kuchdi markaziy himoyachisi Levi Kolvill mashg‘ulot chog‘ida jarohat oldi.

Tecno

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar jarohat og‘ir ekani va futbolchi boshlanayotgan mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishini ko‘rsatdi.

Ayni paytda “aristokratlar” Levi Kolvillning o‘rnini bosa oladigan markaziy himoyachi qidiryapti. Bosh murabbiy Entso Mareska bu pozitsiyada “Barselona” etakchi himoyachisi Ronald Arauxoni ko‘rmoqchi ekanini bildirdi.

“Chelsi” rahbariyati ham jamoa Evropa Chempionlar ligasi va Angdiya Premer-ligasida yuqori maqsadlar sari kurashishi uchun himoya markazini kuchaytirish shart, degan qarorga keldi.

26 yoshli Arauxo o‘tgan mavsum og‘ir jarohat tufayli o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmadi. Kataloniyaliklar bu holatdan kelib chiqib, uni sotib yuborishga tayyor. Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Chelsi” bu transferni 50 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga hal qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!