
“Barsa” yulduzi: Qadrimga yig‘layman!
Jahon futbolida eng ko‘p sovrin egasi hisoblangan Dani Alves “Barselona”ni o‘ziga qilgan munosabatidan norozi bo‘lib, klub rahbariyatini tanqid qildi.
Ma’lumki, braziliyalik futbolchi katta tanaffusdan so‘ng o‘tgan mavsum jamoaga yordam berish uchun qaytib kelgan va arzimagan maosh evaziga o‘ynagan edi. Klub mutasaddilari 39 yoshli himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi.
- Ular bu masalani men bilan yuzma-yuz muhokama qilishlari mumkin edi. Qolishim kerak bo‘lsa, qolardim. Aksi bo‘lsa yo‘q.
Biz bir oy kutishga majbur bo‘ldik va shundan so‘ng kerakmas ekanimni aytishdi, - dedi Dani Alves.
“Barselona”dagi so‘nggi mavsumida braziliyalik yuduz 15 marta maydonga tushib, bitta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Endi Alves Meksika chempionatida “Pumas” jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar