“Barsa” yanvarda “bomba” transferni amalga oshiradi

  • 17 dekabr, 2024, 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil gol urish bo‘yicha shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokereshga etadigani topilmayapti. “Sporting” forvardi 2024 yil hisobidan 60 dan ortiq gol muallifi bo‘ldi.

Tecno

Evropa futbolida shov-shuv ko‘targan hujumchining xaridorlari ko‘payib bormoqda. Buni inobatga olgan “Barselona” rahbariyati to‘purarni yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Kataloniyaliklar anchadan beri 37 yoshli Robert Levandovskiga  munosib o‘rinbosar qidiryapti.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, zarbalar aniqligi va gol sezish qobiliyati Viktor Dyokereshning eng kuchli xususiyati hisoblanadi. Bu shved futbolchisi shu fazilatlari evaziga muntazam to‘p kiritib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!