
“Barsa” yana to‘rt yulduzini maosh kamaytirilishiga ko‘ndirmoqchi
“Barselona” moliyaviy inqirozdan qutilish maqsadida futbolchilarning maoshlarini pasaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Kuni kecha, Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong, Jerar Pike va Kleman Langle klub taklifini qabul qilgandi.
Endi kataloniyaliklar Filippe Koutino, Serji Buskets, Antuan Grizmann, Serji Robertoni maoshi pasaytirilgan bitimni imzolashga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.
Klub xo‘jayinlari moliyaviy barqarorlik tiklanganidan keyin bu futbolchilarning maoshini yana ko‘tarishga va’da bermoqda.
Fikrlar