“Barsa” xursand bo‘lma, vaziyat "Real" foydasiga o‘zgarishi mumkin

  • 26 aprel, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirish uchun kuchli futbolchilarni jamoaga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Sky Sports jurnalisti Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar “Bayer” markaziy himoyachisi Jonatan Ta bilan og‘zaki kelishuvga erishdi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Bayer” o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishiga munosib hissa qo‘shgan edi.

Ahamiyatli jihati, “Barselona” tajribali himoyachini bepul qo‘lga kiritadi. Jonatan Taning shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va u muhitni o‘zgartirish maqsadida leverkuzenliklar bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Ta atrofidagi vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin. Chunki unga “Real” va “Bavariya” ham qiziqyapti. Agar “Bayer”ni boshqarayotgan Xabi Alonso yozda “Real” bosh murabbiyligiga tayinlansa, bu holat Taning yo‘lini Kataloniyadan Madridga burib yuboradi.

Jonatan Ta “Bayer”da 2015 yildan beri o‘ynayapti. Hozirga qadar jami 398 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalash bilan birga 17 ta gol va 13 ta assist muallifi ham bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!