“Barsa” Xavi bosh murabbiy sifatida qancha ishlashini hal qildi

  • 26 yanvar, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” uchun mavsum ancha og‘ir kechmoqda. Shu bois, bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘tgan mavsum jamoani chempionga aylantirganiga qaramay, iste’foga chiqarilishi haqida ma’lumotlar ko‘payib qoldi.

Tecno

Ayniqsa, “Barselona” Ispaniya kubogining chorak final bosqichida “Atletik” futbolchilaridan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragani Xavining kelajagiga ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Sport nashri Kataloniya klubi rahbariyatining bosh murabbiy bo‘yicha qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, klub xo‘jayinlari mag‘lubiyatga qaramay, kamida joriy mavsum oxiriga qadar Xavining ishlashiga  sharoit yaratib beradi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Ispaniya kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Bu jamoa nufuzli sovringa 31 marotaba ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!