
“Barsa” va “Yuve” yulduzlarini almashtiradi
“Barselona” prezidentligiga nomzod Joan Laporta kataloniyaliklarga yaxshi taklif berdi. Tajribali mutaxassis Kataloniya klubidan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishni istayotgan Felippe Koutinoni ushlab qolish shart emasligini aytdi.
Laportaning fikricha, braziliyalik yulduzni sotish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun Koutinoni “Yuventus”da porlayotgan markaziy himoyachi Matteys de Ligtga almashtirish samarali echim ekanini aytmoqda.
Bundan tashqari, Laporta “Barselona” prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqsa, jamoaga “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni olib kelishni va’da qilgan.
Fikrlar