
“Barsa” va “Inter” to‘rt futbolchi bo‘yicha muzokara qildi
“Barselona” va “Inter” yozda katta transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Har ikki klub rahbariyati o‘zaro uchrashuv o‘tkazib, jami to‘rt nafar futbolchi transferi bo‘yicha maslahatlashib oldi.
Sport nashrining ma’lum qilishicha, uchrashuvda yarim himoyachi Frank Kesse, himoyachilar Jordi Alba va Samuel Umtitining “Juzeppe Meatstsa”ga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha muzokara olib borilgan.
Bu o‘yinchilar “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesning kelajakdagi rejalariga kiritilmagan.
O‘z navbatida, “Inter” mutasaddilari Kataloniyaga Marselo Brozovichni jo‘natishi kerak bo‘ladi. Milanliklar bosh murabbiyi Simone Indzagi ham kelajakda bu futbolchi xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.
Fikrlar