"Barsa" va "Atletiko" Depay borasida kelishuvga erishdi

  • 18 yanvar, 2023, 23:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Memfis Depay "Atletiko" o‘tmoqda. Ikkala klub ham transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitimga ko‘ra Madrid jamoasi hujumchi uchun 3 yoki 4 million evro to‘laydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, niderlandiyalik tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘lga otlanadi. U klub bilan 2025 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, Depay ushbu mavsum barcha chempionatlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi. U aynan mana shu kam o‘yin amaliyoti sabab "Barselona"yi tark etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!