
“Barsa” sodiq futbolchisidan ayrildi
Klub rahbariyatining maoshlarni kesish siyosatiga birinchilardan bo‘lib rozilik bergan Kleman Langle jarohat tufayli jamoasiga yordam bera olmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik himoyachi “Osasuna”ga qarshi uchrashuvda to‘pig‘idan jarohat olgan. Endi futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va jarohat darajasi aniqlanadi.
Hozircha, “Barselona” tarkibida bitta markaziy himoyachi – 21 yoshli Oskar Minges qoldi. Uning tajribali jamoadoshlari Jerar Pike, Samyuel Umtiti va Ronald Arauxo ham Langle kabi jarohat tufayli safdan chiqqan.
Mingesning o‘zi ikkinchi tarkib futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar