
“Barsa” sobiq futbolchisi La Ligaga qaytmoqda
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Artur Melo Ispaniya La Ligasiga qaytish arafasida.
Jurnalist Romeo Agrestining yozishicha, Turinning “Yuventus” klubi bugun “Valensiya” rahbariyati bilan Braziliya terma jamoasi futbolchisining ijarasi borasida muzokaralar olib borgan.
Qayd etilishicha, Artur "Valensiya" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan ham gaplashishga muvaffaq bo‘lgan. Italiyalik muaxassis yarim himoyachini "ko‘rshapalaklar" safiga qo‘shilishga ko‘ndirib, unga asosiy tarkibda doimiy o‘rin egallashini va’da qildi.
Eslatib o‘tamiz, Artur 2020 yilning yozida "Barselona"dan "Yuventus"ga o‘tgan edi. Biroq mavsum oldidan "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchiga o‘z uchun yangi jamoa qidirishi kerakligini aytgan
Fikrlar